Mourinyo jamoasi oxirgi sakkiz daqiqada qanday uchta gol urgani aytdi

  • 15.10.2026 07:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu Chempionlar ligasida «Roma» ustidan qo‘lga kiritilgan dramatik g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Uchrashuvning 82-daqiqasiga kelib, rimliklar 3:1 hisobida oldinda edi. Ammo qolgan qisqa vaqt ichida «Real» uch bor gol urib, 4:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

«Raqib juda qiyin bo‘ldi, – dedi Mourin'yu Movistar efirida. – Ular biz o‘rganib qolgan futboldan mutlaqo boshqa uslubda o‘ynashadi, g‘oy butunlay boshqa sport turi kabi. Lekin ular uchun ham 90 daqiqa davomida shunday sur’at va shiddatni ushlab turish oson emas. Ular 3:1 hisobida oldinga chiqishga arzishdi, garchi biz o‘tkazib yuborgan ikki gol menga umuman yoqmadi. Keyin esa hammasi o‘zgardi – futbolchilarimiz jasorati va matonati hisobiga. Durang ham biz uchun yomon natija emasdi, lekin biz ko‘proqni istadik. Bu juda muhim g‘alaba bo‘ldi», – deya ta’kidladi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining birinchi turida «Real» o‘z maydonida milanlik «Inter»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!