Mourinyu "Chelsi"ning yana bir futbolchisini MYuga olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiy Joze Mourinyu "Chelsi"dagi shogirdi Villianni o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Sunday Express nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, braziliyalik futbolchi o‘z vaqtida “Chelsi”da Mourinyu qo‘l ostida to‘p surgan va portugaliyalik mutaxassis Villianni juda qadrlar va unga katta ishonch bildirardi.
Ma’lumot uchun, agar “Chelsi” PSJdan Lukas Mourani sotib oladigan bo‘lsa, u holda Villian “aristokratlar” tarkibidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin.
Fikrlar