Mourinyu "Tottenxem" rahbariyatidan nimani so‘radi?
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa rahbariyatidan hujumchi Xarri Keynni tarkibda saqlab qolishni so‘radi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis Keynni jamoaga yordam bera olishiga to‘liq ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mourino “shporlar” safida Maurisio Pochettinoning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Keyn “Tottenxem” tarbiyalanuchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar