
Mozes "Spartak"da qaysi raqamda o‘ynaydi?
“Spartak”ning yangi xavbeki Viktor Mozes Moskva klubida o‘ziga raqam tanladi.
Rossiya premer-ligasi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, nigeriyalik futbolchi 8-raqamda harakat qiladi. Bungacha “Spartak” safida bu raqamda Gus Til va Denis Glushakov harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Spartak” Mozesni “Chelsi”dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi.
Fikrlar