
Muaytay bo‘yicha jahon chempioni o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘ldi
Moskvada muaytay bo‘yicha jahon chempioni, Jahon arman sport federatsiyalari uyushmasi va Butunjahon armanlar kongressi sport bo‘limi rahbari Ashot Bolyanga suiqasd uyushtirildi.
40 yoshli Bolyanning jasadi Naximovskiy prospektidagi uy yaqinida, uning “Infiniti” mashinasidan topilgan. Jinoyatchilar uning mashinasiga o‘q uzishadi. Natijada Bolyan voqea joyida halok bo‘lgan.
Fikrlar