Muhammad Salah "Barselona"ga o‘tishi mumkin!

  • 07.11.2024 19:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salahning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Bunga misrlik futbolchining shartnomasi tugayotgani sabab bo‘lmoqda.

"TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, "Barselona" prezidenti Joan Laporta "qizillar" vingerni "Barsa"da ko‘rmoqchi. Manbaning ta’kidlashicha, bu  "ko‘k-anorranglilar"ga qimmatga tushishi mumkin. Garchi Salah jamoaga erkin agent sifatida kelsa ham. 32 yoshli huchumchi yiliga 15 million evro maosh olmoqchi va bu kataloniyaliklarni jiddiy o‘yga solgan.
Eslatib o‘tamiz, afrikalik yulduzning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgi mavsumning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Liverpul" hali unga yangi shartnoma taklif qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!