Muhammad Saloh manchesterliklar “dushmani”ga aylandi

  • 08.04.2024 20:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining 32-turida “Manchester Yunayted” futbolchilari “Old Trafford”da chempionlik uchun kurashayotgan “Liverpul” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Liverpulliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golni urgan Muhammad Saloh yana bir rekord sohibiga aylandi.

Talksport nashrining xabar berishicha, misrlik forvard kiritgan to‘p uning Manchester superklubi darvozasiga urgan 11-goli sifatida qayd etildi. Shu tariqa, Muhammad Saloh  Angliya Premer-ligasi doirasida “Manchester Yunayted” darvozasiga eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord mashhur to‘purar Alan Shirerga tegishli edi. Angliyalik forvard manchesterliklar darvozabonlarini o‘n marotaba dog‘da qoldirgan.

Serxio Aguero, Les Ferdinand, Robbi Fauler esa, “Manchester Yunayted” darvozasiga sakkiztadan to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!