Muhammad Saloh Diogu Jotaning vafoti sababli ta’tildan oldin qaytmoqda

  • 4 iyul, 12:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Diogu Jotaning fojiali o‘limi sababli ta’tilni muddatidan avval tugatib, bugun Angliyaga qaytishi kutilmoqda. Uning Gretsiyadagi dam olish vaqti aslida kelasi haftagacha davom etishi kerak edi.

Tecno

Saloh va Jota "Liverpul" safida 150 ta uchrashuvda birga maydonga tushishgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Jota o‘z faoliyatida Saloh bilan Ruben Neveshdan keyingi o‘rinda turadi. Ushbu duet bir-biriga 19 marta golli pas uzatishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, mersesaydliklar o‘zining ilk yozgi o‘rtoqlik o‘yinini 13 iyul kuni "Preston"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!