Muhammad Saloh “Liverpul” bilan kelisholmay qoldi

  • 14 noyabr, 2024, 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Klub xo‘jayinlari misrlik hujumchini qo‘yib yubormoqchi emas. Tomonlar bir necha haftadan beri yangi bitim bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, klub va o‘yinchi shartnoma shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayapti. Ularning o‘zaro talablari bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti.

32 yoshli Muhammad Salohda Evropaning qator grand klublari va Saudiya Arabistonidan takliflar borligi aytilmoqda.

O‘z navbatida, “Liverpul” mutasaddilari ham har ehtimolga qarshi Salohning o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirishni boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!