
Muhammad Saloh Luis Suaresga etib oldi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh APLning 27-turida "Vest Xem" (3:2) ga qarshi bahsda gol urishga erishdi.
Misrlik futbolchi uchun premer liganing joriy mavsumida 15-goli bo‘ldi. "Liverpul" tarkibida APL doirasida raqib darvozasini 69-bor ishg‘ol etdi.
Shu bilan Saloh Luis Suaresga etib oldi va ikkala hujumchi ushbu ko‘rsatkich bilan klub tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida to‘rttinchi o‘rinni egallab turishipti.
Robbi Fauler (128 ta gol), Stiven Jerrard (120 ta gol) va Maykl Ouen (118 ta gol) "qizillar"ning eng kuchli 3 ta to‘purari bo‘lib turishipti.
Fikrlar