Muhammad Saloh muhim qarorga keldi

  • 3 aprel, 2022, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda maosh masalasidagi talablarini biroz yumshatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Britaniyaning Mirror nashri.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, misrlik futbolchi faoliyatini hozirgi klubida davom ettirishni rejalashtiryapti. Avvalroq, Saloh liverpulliklar bilan kelisha olmasa, “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

O‘z navbatida, Xavi ham zamonamizning eng zo‘r to‘purarlaridan birini o‘z jamoasida ko‘rishga rozi ekani aytildi.

Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda misrlik hujumchi 37 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 28 ta gol va 10 ta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sulton Rauf
04/04/2022 13:33
Salah ketmasligi aniq Klopp ham uni ketqazishlariga rozi boʻlmaydi. Qolaversa Barsaga yoshlar terilyapti shular bilan stabiligini mustahkamlab olsa yetadi.