Muhammad Saloh superklubning transfer rekordini yangilashi kutilyapti

  • 2 fevral, 2022, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniyaning mashhur nashri Goal mutaxassislari “Chelsi” rahbariyati yozda klubning transfer rekordini yangilashi kutilayotgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

O‘tgan yoz 97,5 million funt evaziga “Inter”dan olib kelingan Romelu Lukaku “aristokratlar” ishonchini oqlay olmaydi. Belgiyalik hujumchining o‘zi ko‘p gol urishni uddalay olmayotganini bosh murabbiy Tomas Tuxel qo‘llayotgan taktikaning noqulay ekani bilan izohlab, Milan klubiga qaytmoqchi ekanini yashirmayapti.

Roman Abramovich esa o‘z klubiga ko‘p gol urishga qodir hujumchini olib kelmoqchi. Uning e’tibori “Liverpul” etakchisi Muhammad Salohga qaratilgan. Liverpulliklar bir paytlar “Chelsi”da to‘p tepgan misrlik futbolchini yangi bitimga ko‘ndira olmayapti.

“Chelsi” afrikalik to‘purar talab qilayotgan maoshni berishga qodir. Bundan tashqari, Roman Abramovich Muhammad Salohning “Stemford Brij”ga qaytarish uchun klubning transfer rekordini yangilab, 120 million evro xarajat qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!