
Muhammad Saloh top-ligalar yulduzlarini dog‘da qoldirdi
“Liverpul”ning chempionlik mavsumida eng sermahsul va foydali o‘yin ko‘rsatgan Muhammad Saloh raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha top-ligalardagi eng zo‘r futbolchi, deb topildi.
Statistikaga ixtisoslashgan Squawka portali misrlik o‘yinchi mavsum davomida 86 ta xavfli vaziyat yaratganini hisoblab chiqdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Saloh barcha raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan.
Umumiy reyting esa, quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Muhammad Saloh («Liverpul») — 86;
2. Maykl Olise («Bavariya») — 75;
3. Koul Palmer («Chelsi») — 73;
4. Rafinya («Barselona») — 70;
5. Pedri («Barselona») — 68;
6. Entso Fernandes («Chelsi») — 64;
7. Lamin Yamal («Barselona») — 63;
8. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 62;
9. Aleks Baena («Vilyarreal») — 61;
10. Yulian Brandt («Borussiya» Dortmund) — 58.
Fikrlar