Muhammad Saloh: Ular meni “yorvoradi”!

  • 12 sentabr, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh qanot hujumchilarining jahon futbolidagi vazifasi ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Uning aytishicha, hozirgi vaqtda bu pozitsiyada o‘ynayotgan charm to‘p ustalaridan ko‘proq gol urish talab qilinmoqda.

So‘nggi yillarda ko‘p narsa o‘zgarib bormoqda. Qanot hujumchilari endi ko‘p gol uryapti. “Roma”da o‘ynab yutganimda ikki mavsum davomida 30 ta to‘p kiritardim. Hozir ikki yilda 30 ta gol ursam, meni “yorib” tashlashadi, - dedi Muhammad Saloh.

Misrlik futbolchi 2017 yildan beri “Liverpul”da o‘ynayapti. Bu jamoa safida Saloh 352 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 214 ta gol va 92 ta assist qayd etgan.

32 yoshli to‘purarning mersisaydliklar bilan hamkorligi 2025 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!