
Muhammad Saloh yangi jamoa tanladi
“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh klub rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayotgani bois, faoliyatini Ispaniya chempionatida “Barselona” tarkibida davom ettirishga tayyor, deb xabar tarqatdi barcablaugranes.com sayti.
Misrlik to‘purarning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. “Liverpul” uni yangi bitimga ko‘ndira olmasa, tekinga qo‘ldan chiqarmaslik uchun yozda sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Kataloniya klubi mutasaddilari ham Erling Xoland transferi moliyaviy inqiroz vaqtida klub uchun imkonsiz ekanini tan olib, norvegiyalik to‘purar o‘rniga Muhammad Salohni olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar ham tarqatilgan edi.
Shunga qaramay, kataloniyaliklar bu hujumchi uchun ham 70 million evro atrofida pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Muhammad Saloh joriy mavsumda liverpulliklar uchun jami 36 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 28 ta gol va 10 ta assis yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar