Muhammad Salohga darrov yangi superklub topildi

  • 7 mart, 2021, 16:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning asosiy to‘purari Muhammad Saloh chempion jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan ziddiyat kuchayib borayotgani sababli Liverpulni tark etishi haqida xabar qilgan edik.

Tecno

Misrlik hujumchi atrofidagi vaziyatni “Real” diqqat bilan kuzatmoqda va yozda Salohni Madridga taklif etishni rejalashtiryapti.

Aslida “Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida asosiy nishon qilib, Kilian Mbappe va Erling Xolandni belgilagan. Biroq, klubning moliyaviy ahvoli bunga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qolaversa, frantsiyalik hujumchiga “Liverpul”, Xolandga esa bir necha grand klub jiddiy xaridor bo‘lmoqda.

“Real” rahbariyati agar shu ikki hujumchini olishning imkoni topilmasa, Muhammad Saloh nomzodida to‘xtalmoqchi. Misrlik  to‘purarning o‘zi ham jurnalistlarga Ispaniya chempionatida to‘p tepish istagi borligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!