Muhammad Salohga jiddiy xaridor chiqdi

  • 24 avgust, 2023, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yulduzi Muhammad Salohni Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Tuttomercatoweb nashrining xabar berishicha, arablar misrlik to‘purarni olib kelish uchun portugaliyalik Jotaga javob berib yuborishga tayyor.

Jota bir oy muqaddam Shotlandiyaning “Seltik” jamoasidan 30 million evroga olib kelingan edi. Ayni paytda “Al-Ittihod”ning legionerlar limiti to‘lgan. Shuning uchun ham klub chet ellik o‘yinchilaridan birini qo‘yib yuborishi kerak.

Muhammad Salohning “Liverpul” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt portali afrikalik hujumchini 65 million evroga baholamoqda. Biroq, arablar taklif qiladigan summa bundan ko‘p bo‘lishi ehtimoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Uzbek ligion
23/08/2023 18:08
Saudlar pulni ermakka ishlatayabdimi yoki buni orqasidan daromad xam bormi