Muhammad Salohga zo‘r yordamchi keladi

  • 30 may, 2020, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoda eng kuchli hujum chizig‘iga ega bo‘lgan “Liverpul” bu pozitsiyani yanada kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Tecno

Yurgen Klopp Muhammad Saloh, Sadio Mane, Divok Origi va Roberto Firmino qatoriga Germaniya chempionatida porlayotgan Timo Verner yoki “Barselona”da o‘zini ko‘rsata olmayotgan Usmon Dembeleni qo‘shib olmoqchi.

Liverpulliklar bu ikki hujumchi orasida ko‘proq nemis futbolchisiga qiziqmoqda. Agar Vergerning transferi amalga oshmasa, bor e’tibor Usmon Dembelega qaratiladi. “Barselona” o‘zining serjarohat futbolchisini 56 million evroga baholagan.

“Liverpul” Vernerni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, “Leyptsig” hisob raqamiga kamida 64 million evro o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!