
Muhammad Salohning kelajagi oydinlashib qoldi
“Liverpul” hujumchisi tez orada Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Bu transfer hafta oxirigacha hal bo‘ladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Al-Ittihod” liverpulliklarga Saloh uchun 150 million evro to‘laydi. Agar “Liverpul” misrlik yulduzni hozir sotib yubormasa, kelasi yoz uning transfer summasi sezilarli darajada pasayadi.
“Al-Ittihod”da Muhammad Saloh “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi Fabino Enrike bilan birga to‘p tepish imkoniyaga ega bo‘ladi.
Bu jamoa yozda Fabinodan tashqari frantsiyalik yulduzlardan Karim Benzema va N’Golo Kanteni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar