Muhsin Muhammadiev: Bosh murabbiy sifatida natija uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman

  • 2 iyul, 2020, 22:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro” 7-turda “Metallurg” bilan kuch sinashib 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev o‘yin haqida shunday dedi:

Tecno

- To‘g‘risini aytsam, bunday yirik hisobda mag‘lub bo‘lish og‘ir botadi. Birinchi bo‘limda o‘yin ancha yaxshi kechdi, lekin ikkinchi bo‘limdagi penaltidan keyin jamoamiz o‘yini izdan chiqib ketdi.

Afsuski, shunaqasi ham bo‘lib turadi. Hamma mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Hisob o‘yinga mos emas. Penaltidan so‘ng, faqat oldinga qarab harakat qildik. Juda ham alam qilyapti, bugun omad bizdan yuz o‘girdi. Yana bir bor qaytaraman: bosh murabbiy sifatida bugungi natija uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
02/07/2020 22:24
Мухсин узинга бохона киласан сен кетсанг Бухорони ОМАД келади пазор сенга юзингборми
Shoxrux Ochilov
05/07/2020 09:54
Boshqa murabbiy yoqmi otgan yil bazor qoldik ligada nimani kutyapdi ozi raxbariyat davno almashtirish kerak edi
Ramazonov Murod
02/07/2020 22:18
Нажим кетдинг