Mundialda o‘ynashning o‘zi katta yutuq!
O‘zbekistonida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunakatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekistonning mundialdagi ishtirokiga munosabat bildirib, eng muhimi o‘zbek yigitlarining futbol olamining eng nufuzli musobaqasida o‘ynayotganining o‘zi katta yutuq ekanini ta’kidladi.
- Bugun tarixiy kun, O‘zbekiston-Portugaliya o‘yini, Fayzullaev va Ronaldu to‘qnashuvi, jajji Isfandiyorning katta fenomeni nimada? Bugun biz sudya yo imtihonchi domla bo‘lmaylik! To‘p esa dumaloq, maydon esa tekis…
Bugungi o‘yin portugalalar uchun bu Kongo bilan o‘ynalgan sensatsion durangdan (1:1) keyin o‘zini oqlash imkoniy. Hozircha Portugaliya 1 ochko bilan uchinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa ochkosiz oxirgi o‘rinda turibdi. O‘zbekiston Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi, ammo tarixiy gol urildi — Abbosbek Fayzullaev JChda gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.
Portugaliya tarkibida yulduz futbolchilar – Ronaldu, Brunu Fernandesh, Joau Nevesh, Bernardu Silva, Vitin’ya, Diogu Koshta kabilar bor. Ularning futbol bozoridagi umumiy qiymati bir milliard evrodan oshiq.
Bizning yulduzlarimiz – Shomurodov, Fayzullaev, Urunov, Husanov. “Manchester Siti” a’zosi Abduqodir 50 million evroga baholangan terma jamoaning eng qimmat o‘yinchisi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining jami bozor qiymati – 85 million evrodan oshgan.
Guruhdan chiqish uchun bizga Portugaliya bilan kamida durang va Kongo Demokratik Respublikasi ustidan g‘alaba kerak!
Shuning uchun biz yigitlarimizga faqat omad va g‘alaba tilaylik!, - deydi Sherzodxon Qudratxo‘ja.
Sherzodxon Qudratxo‘janing fikrlari bilan ushbu VIDEOLAVHADA tanishishingiz mumkin.

Fikrlar