
Mundialga tashrif buyurgan hech bir braziliyalik norizo bo‘lib ketmaydigan bo‘ldi
Xabaringiz bor, kecha Braziliya nimchorak final doirasida Janubiy Koreyani mag‘lub etdi (4:1).
Ushbu bahsda ham Tite qolgan uchrashuvlarda bo‘lgani kabi zaxira o‘rindig‘idan maksimal tarzda foydalandi va hattoki, jamoaning 3-posboni Veverton Pereyra da Silvaga ham imkon berildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya murabbiylar shtabi ushbu mundialda qaydnomadagi barcha 26 futbolchi xizmatlaridan foydalandi hamda bu borada JChlar rekordini o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya chorak finalda Xorvatiya bilan bellashadi.
Fikrlar