Murabbiy katta transferni barbod qildi

  • 22 avgust, 2024, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar davomida “Inter” himoyachisi Denzel Dyumfrisni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi.

Manchesterliklar “Inter” rahbariyatiga rokirovka taklif qildi. Ular Dyumfrisni Angliyaga olib kelib, Milan klubiga Aaron Uan-Bisakkani yuborishni rejalashtirgan edi.

“Inter” mutasaddilariga bu variant ma’qul kelgani aytilmoqda.

Biroq The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, “Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi bu rokirovkani bloklagan.

Natijada “Manchester Yunayted” himoyani mustahkamlash uchun boshqa nomzod – “Bavariya”dan Nusser Mazrauini olishiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!