
Murat Gassiev ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida boks oqshomi bo‘lib o‘tdi, kechaning markaziy jangida yarim og‘ir vazn toifasi (90.72 kg) vakillari Murat Gassiev (30-1-1) va Otto Vallin (25-1) ringga ko‘tarildi.
Bahs to‘liq 10 raund davom etdi va yakunda Vallin ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi - 115-113, 111-117, 115-113.
Mazkur mag‘lubiyat Gassievning faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ldi. Vallin ea, o‘zining 26-g‘alabasiga erishdi.
Fikrlar