
Murat Gassiev: "Meni raqiblarimdan har doim ayb topishgan"
Birinchi og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni rossiyalik Murat Gassiev (30-1,23KO) shvetsiyalik Otto Vallinga (25-1,14 KO) qarshi bo‘lajak jang haqida fikr bildirdi.
“Tomoshabinlar, ekspertlar, tanqidchilar mening raqiblarimdan doim ayb topishgan. Denis Lebedev qariya, Kshishtof Vlodarchik bir xil uslubga ega, Yunier Dortikos unday, Aleksandr Usik bunday. Siz hammaga ham yoqavermaysiz. Men esa barcha raqiblarimga teng hurmat bilan qarayman va hech qachon hech kimni kamsitmayman.Bu mening og‘ir vazn toifasidagi beshinchi jangim bo‘ladi. Ha, mening raqibim avvalgilariga qaraganda kuchliroq bokschi. Shunday ekan, bunga ham avvalgi janglardagi kabi jiddiy tayyorgarlik ko‘raman.",-dedi Gassiev.
Eslatib o‘tamiz, Gassiev-Vallin jangi 30-sentabr kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadigan boks oqshomining markaziy to‘qnashuvi bo‘ladi.
Fikrlar