
Murat Gassiev Povetkin bilan jang qiladimi?
Rossiyalik bokschi Murat Gassiev og‘ir vazn toifasidagi holat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Fyuri hamda Uaylderning jang olib borish uslubi menikiga o‘xshaydi. Usik umuman boshqa tipdagi bokschi. Lekin ular bilan ringga chiqib ko‘rmasdan biror bir fikr bildirish qiyin. Sinab ko‘rish kerak.
Shunday bo‘lsada, Bu vaznda Tayson Fyuri birinchi, Uaylder ikkinchi, uchinchisi esa ...bilmayman.
Povetkin bilan jang qilishni xohlaymanmi? Agar, ushbu jang jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lsa, unda nega qilmasligim kerak. Bunday yulduz bilan jangni faqat ahmoq bokschi rad etadi”,-dedi Gassiev.
Fikrlar