Murodjon Ahmadalievni mag‘lub etgan Robeysi Ramires yaponiyalik raqibini yanchib tashladi (video)

  • 25 iyul, 2023, 16:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning yarim engil vazn toifasida (57 kg) WBO chempionlik kamari egasi, kubalik Robeysi Ramires Yaponiyada tashkil etilgan boks oqshomida mezbon bokschi Satoshi Shimizuga qarshi ringga ko‘tarildi. 
 
Ramiresning to‘liq ustunligida bo‘lgan jang 5-raundda texnik nokaut bilan yakunlandi. Ramires raqibini nokdaun holatiga tushurganidan so‘ng, jang davomida yana ketma-ket zarbalar tasirida referi bahsni to‘xtatdi. Shunday qilib, Ramires o‘z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 
 
Eslatib o‘tamiz, kubalik Robeysi Ramires Rio Olimpiadasi yarim finalida hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievni mag‘lub etgan edi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!