Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangiga buyruq berildi, raqib aniq. Revansh bo‘ladimi?

  • 6 iyun, 2023, 06:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibiga aniqlik kiritildi. 

Tecno

Matchroom kompaniyasi Marlon Tapalesdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng revansh so‘rab tashkilotga murojaat yo‘llagan. Shuningdek, Marlon Tapalesning jamoasi ham 25 iyul kuni WBC va WBO kamarlari uchun bo‘lib o‘tadigan Naoya Inoue va Stiven Fulton bahsi g‘olibiga qarshi mutlaq chempionlik jangida ishtirok etishni so‘ragan. 

WBA tashkiloti esa vaziyat yuzasidan yakuniy qarorga keldi. Unga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi eliminator maqomida o‘tkazishi kerak. Bahs g‘olibi esa hozirda Marlon Tapalesga tegishli bo‘lgan kamar uchun majburiy da’vogarga aylanadi. Ammo Tapeles mutlaq chempionlik jangi amalga oshishi yoki tasdiqlanmaguniga qadar majburiy himoya jangiga buyurilmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!