Murodjon Ahmadalievning raqibi o‘zgardi (poster)
19 noyabr kuni WBA va IBF chempioni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7KO) o‘z kamarlarini majburiy da’vogar Ronni Riosdan himoya qilishi belgilangan edi. Ammo Riosda koronavirus aniqlangani sababli o‘sha kuni jangda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Ahmadalievga esa Xose Velaskes yangi raqib sifatida tanlandi.
32 yoshli chililik Velaskes (29-6-2, 19KO) oxirgi mag‘lubiyatini 2016 yilda qabul qilib olgan va shundan so‘ng ketma-ket 21 ta g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.

Fikrlar