Musiala maxsus tibbiy samolyotda Myunxenga qaytdi

  • 7 iyul, 00:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida olgan jarohati tufayli maxsus tibbiy samolyotda Myunxenga qaytarildi.

Tecno

22 yoshli futbolchi PSJga qarshi 1/4 final uchrashuvining birinchi taymida Donnarumma bilan to‘qnashib, jiddiy jarohat olgan edi. To‘qnashuv natijasida uning chap oyog‘i noodatiy holatda og‘di va futbolchi darhol nosilkalarda maydonni tark etdi.

Tekshiruvlar Musialada kichik bercha suyagi singanini ko‘rsatdi. U kamida to‘rt oy maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.

"Bild" nashrining xabar berishicha, "Bavariya" futbolchini AQShdan Germaniyaga olib kelish uchun maxsus tibbiy samolyot buyurtma qilgan. U yakshanba kuni tongda jamoadan alohida ravishda Myunxenga yo‘l oldi. Musiala shifoxonaga etib borishi bilan unga operatsiya o‘tkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!