Muvaffaqiyatli startga qaramay "Bavariya" futbolchilari Kompanidan norozi bo‘lmoqda

  • 22 sentabr, 2024, 12:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Bavariya" futbolchilari joriy mavsum muvaffaqiyatli boshlanganiga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompanining ayrim harakatlaridan norozi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, belgiyalik mutaxassis o‘yin boshlanishiga bir kun qolganda futbolchilarning telefoniga xabar yuborish orqali bo‘lajak o‘yin uchun asosiy tarkibni e’lon qilishi ularga yoqmayapti. Bundan tashqari, futbolchilar Kompanining tarkibni almashtirishga bo‘lgan yondashuvini har doim ham tushunmaydi, masalan, tajribali futbolchilar nega ma’lum bir o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashini.

Eslatib o‘tamiz, Vensan Kompani 2024 yilning may oyida "Bavariya" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Nemis klubi yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi mavsumda hozircha biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!