
Muxlislar Maneni APLda mavsum futbolchisi deb topishdi
“Liverpul” forvardi Sadio Mane muxlislar talqiniga ko‘ra Angliya premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish lozimki, ushbu nomga Virjil van Deyk, Trent Aleksander-Arnold (ikkalasi - «Liverpul»), Jeymi Vardi («Lester»), Raxim Sterling va Kevin de Bryuyne (ikkalasi - «Manchester Siti») kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilayotgan edi.
28 yoshli senegallik futbolchi o‘tgan mavsum APLda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yakunda esa “Liverpul” 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar