Muxlislar "Real" yulduzini yig‘latishdi (FOTO)
"Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionati doirasida "Valensiya"ga qarshi o‘yinda irqchilik bo‘yicha haqoratlarga uchradi. Madrid Xtra xabariga ko‘ra, “ko‘rshapalaklar” muxlislari futbolchiga “Junior, o‘l” deb baqirishgan. Bu so‘zlarni eshitgan hujumchi yig‘lab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv yakunida Vinisius raqib futbolchilari bilan mushtlashuvda ishtirok etgani uchun qizil kartochka olgandi. Bu esa braziliyalik futbolchining faoliyatidagi ilk chetlatilishdir.
Uchrashuv Valensiyadagi “Mestalya” stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yildan beri Madrid grandi safida o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma muddati 2024 yilning yozigacha hisoblangan.

Fikrlar