
Muzaffar Abdullaev: “Bunyodkor” bilan o‘yinga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz
Davralar oralig‘ida “So‘g‘diyona”ga Muzaffar Abdullaev kelib qo‘shildi. Ikkinchi davrada Muzaffar Abdullaev jizzaxliklar sharafini himoya qiladi. Bugun klub matbuot kotibi Dildora Xolboeva ushbu futbolchi bilan qisqacha suhbatlashdi.
Muzaffar, “So‘g‘diyona” ga qaytishingizga nima sabab bo‘ldi?
- Avvalambor, jizzaxlik muhlislarga alangalik salom. Yana Jizzaxga qaytganimdan xursandman. Menga 2-3 ta jamoalardan taklif bo‘ldi. Bularning orasida “So‘g‘diyona” ham bor edi. Xech o‘ylab o‘tirmay sobiq klubimga qaytdim. O‘tkan yilgi jamoa bilan hozirgisida katta farq bor. Hozirgi jamoa ham menga begona emas. Muhimi ahilmiz.
"So‘g‘diyona"ga qaytganingizda o‘z oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ydingiz?
- Albatti, jamoaning g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shish va yuqori o‘rinlarga olib chiqish. Meni shu jamoaga taklif qilgan insonlarni ishonchini oqlash. Jamoa bilan o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish.
Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday bo‘ldi?
- Tayyorgarlikning birini qismi Zominda bo‘ldi. Unda asosan jismoniy holatga e’tibor qaratdik. Keyinchalik yig‘in Toshketda davom etdi. Unda nazorat uchrashuvlaridagi o‘yin taktikalarini sinovdan o‘tkazildi. Jamoamiz ikkinchi davraga 100% tayyor.
Oliy liganing 16-turida o‘z maydonimizda “Bunyodkor”ni qabul qilamiz. O‘yin borasida qanday fikrdasiz?
- Yuqorida aytib o‘tganimdek, ikkinchi davra uchun tayyorgarlik yaxshi bo‘ldi. Tarkibga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib olindi. “Bunyodkor” kuchli jamoa, ammo hozirgi kunda hamma klublar bilan o‘ynasa bo‘ladi. Barchasi o‘z qo‘limizda. O‘z maydonimizda qabul qilamiz va albatta, g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Xudo xoxlasa, muxlislarimizni xursand qilishga xarakat qilamiz.
Fikrlar