MYu - "Barselona" va "Ayaks" - "Yuventus" o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar e’lon qilindi
UEFA rasmiy sayti joriy haftada bo‘lib o‘tadigan EChL yarim finalidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» – «Barselona» va «Ayaks» – «Yuventus» uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra «Manchester Yunayted» – «Barselona» (10 aprel) bahsini italiyalik Janluka Rokki boshqarib boradi. Unga qanotlarda Filippo Meli va Matteo Passerilar yordam berishadi. Videotakrorlar tizimida esa Massimiliano Irrati va Marko Gvidalar ishlaydi.
«Ayaks» – «Yuventus» (10 aprel) qarama-qarshiligiga esa ispaniyalik hakamlar tayinlandi. BBosh hakam Karlos del Serro, unga esa qanotlarda Xuan Yuste va Roberto Alonsolar yordam berishadi. VAR tizimida esa Alexandro Ernandes va Xuan Martineslar ishlashadi.

Fikrlar