
MYu 3 ta futbolchisi bilan xayrlashdi
Kristian Eriksen, Viktor Lindelyof va Jonni Evans "Manchester Yunayted" klubini tark etishdi.
Klub ushbu futbolchilarning shartnomasi muddati tugagani sababli jamoani tark etganini e’lon qildi. Darvozabon Tom Hiton bilan esa yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Shuningdek, "qizil iblislar"ni quyidagi futbolchilar ham tark etdi: darvozabonlar Xubert Grachik, Tom Maylz va Tom Vuster, shuningdek himoyachilar Jek Kingdon, Sem Myurrey va Jeyms Nolan.
Fikrlar