
MYu afsonasi "Siti"ni EChL favoriti sifatida baholadi!
"Manchester Yunayted"ning angliyalik afsonasi Rio Ferdinand Evropa Chempionlar Ligasining ushbu mavsumdagi favoritlari xususida so‘z yuritdi. Bu haqida sports.ru nashri xabar berdi:
"Bu mavsum barcha uchun qiyin kechishi aniq edi. Sababi pandemiya hammaga har xil ta’sir qildi, kimdir uning zararini ertaroq his qilgan bo‘lsa, kimdir kechroq sezdi. Biroq, futbol to‘xtab qolgani yo‘q. Hayot davom etadi.
EChLning bu mavsumida hech bir jamoaning chempionligi haqida aniq bir fikr bildirish qiyin, lekin ular orasida "Bavariya" hamda "Siti" biroz ajralib turibdi. "Bavariya" o‘tgan yilgidek emas, ular mag‘lubiyatga ham uchrab turishibdi, ammo shunga yarasha javob ham qaytara olishyapti. Raqibga nisbatan imkon qoldirmaslik - ularning asosiy uslubi. Shu tempda davom etishsa, ularni engish ancha qiyinlashadi.
"Manchester Siti" esa mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab, o‘z o‘yinini ko‘rsata boshladi. Ular tezlashishyapti, Premer-liga uchun bu muhim. Ular ham EChLni yutishni xohlashadi. Gvardiola o‘z jamoasi bilan o‘tgan mavsumda turnirni sensatsion tarzda tark etgandi, biroq bu mavsumdagi ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi unday bo‘lmasligiga ishora qilmoqda. Jamoalar kamxarj futbol namoyish etadi. Buni kuzatish esa ancha qiziq bo‘ladi".
Fikrlar