MYu APL rekordini yangilay oladimi?
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi 26-turida "Chelsi" bilan to‘qnash keldi va o‘yinda hisob ochilmadi.
Durangdan so‘ng, mankunianlar safar uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 20 ta etkazib oldi. Bu turnir tarixidagi beshinchi natija sifatida qayd etildi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natija "Arsenal"ga tegishli. "Kanonirilar" 2003 yil aprelidan 2004 sentyabrigacha 27 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan.

Fikrlar