
MYu "Atletiko" himoyachisiga qiziqib qoldi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Shime Vrsalko "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli xorvatiyalik himoyachini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritishmoqchi. MYu rahbariyati Vrsalkoni jamoaning faxriy himoyachilaridan biri hisoblangan Antonio Valensiyaning o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.
Ma’lumot uchun, Shime Vrsalko joriy mavsum “Atletiko” safida jami 29ta o‘yinda ishtirok etgan va jamoasining 5ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar