"MYu bilan "Arsenal" "Barsa"ning jarohatdagi futbolchisiga ko‘z tikishmoqda

  • 20 aprel, 2020, 22:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Barselona» klubi hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. «Diario Sport» tarqatgan xabarlarga qaraganda, frantsiyalik 22 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqdalar.

Tecno

Hozircha ikkala klub ham Dembeleni qo‘lga kiritish uchun faqat ilk qadamlarni tashlashdi xolos. Chunki inglizlarni Usmonning jarohatlarga o‘ta moyilligi tashvishga solmoqda. «MYu» vakillari ham, «Arsenal» vakillari ham ayni paytda Dembelening muammolarini o‘rganib chiqishmoqda va bu darajadagi ko‘p jarohat nimaning evaziga yuzaga kelayotganini aniqlashga urinishmoqda.

APLning ikkala ishtirokchisiga ayni paytda hujumkor futbolchi kerak. Shu sababli Usmonning muammolarini bartaraf etish imkoni bormi yoki yo‘qmi, aniqlik kiritish maqsadida hujumchiga doir ma’lumotlarni o‘rganib chiqishmoqda. O‘z navbatida «Barselona» klubi ham Usmonni sotishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Lekin shu bilan birga uni xuddi Felippe Koutino singari ijaraga berib yuborilishi ehtimoldan holi emas.

Manbada yoritilishicha, Dembele «Manchester Yunayted»dagi hamyurti Antoni Marsyal bilan bog‘lanib, Manchesterdagi hayot tarzi va uning taassurotlari bilan qiziqqan. Dembele katalon superklubidagi so‘nggi o‘yinini o‘tgan yilning 27 noyabr kuni o‘tkazgan edi. Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi La Liga doirasida atigi 5 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 1 marta ishg‘ol etdi xolos.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!