Manchesterliklar “Bavariya”ning uch yulduzini olib ketadi

  • 23 oktabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Manchester klubi mutasaddilari masalani “Bavariya”ning uch nafar o‘yinchisini birdan olish evaziga hal qilmoqchi.

Sky Sports nashrining yozishicha, Angliya grandi nazariga himoyachi Alfonso Devis, yarim himoyachi Leon Goretska va hujumkor futbolchi Leroy Sane tushgan.

Devis va Goretskaning myunxenliklar bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi va ularni erkin agent sifatida bepul transfer qilish imkon bor. Leroy Sane esa 2026 yilning yoziga davom etadigan shartnomaga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!