
MYu chempion qiladigan futbolchini topdi
Jeydon Sancho transferidan umidini uzgan “Manchester Yunayted” rahbariyati bor e’tiborini Adam Traoreni olishni qaratmoqda.
Manchesterliklar 24 yoshli ispaniyalik vinger uchun 90 million funtdan voz kechishga tayyorligini bildirdi.
“Vulverxempton”dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari orqali Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kirib olgang Traorega boshqa grandlar, xususan “Manchester Siti”, “Barselona”, “Liverpul” va “Yuventus” ham ko‘z tikmoqda.
“Vulverxempton” esa, futbolchisini saqlab qolish maqsadida unga haftasiga 100 ming funtli yangi bitim taklif qilyapti. Agar Traore shartnomani imzolasa, ispan yarim himoyachisining badal puli 90 million funtga tenglashtiriladi va yozda uni olmoqchi bo‘lgan klub aynan shuncha to‘laydi.
MYu iste’dodlar fabrikasidagi vunderkindni oladigan bo‘ldi
MYuning ikki futbolchisi o‘ziga ish qidiryapti
“Arsenal” MYu nishonidagi futbolchini ilib ketmoqchi
Fikrlar