
MYu darvozabonini ikki klub talashmoqda
“Manchester Yunayted” ishonch bildirmagan darvozabn Serxio Romero “Yuventus” va “Everton” kabi kuchli klublardan taklif oldi.
Sulsher argentinalik darvozabon shartnomasi tugashi bilan klubni tark etishini e’lon qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Everton” Romeroni ijaraga olmoqchi bo‘lyapti. “Yuventus” esa to‘liq transfer qiladi. Shu bois, tajribali posbonni qo‘lga kiritishda turinliklarning imkoniyati yuqori baholanmoqda.
Shunga qaramay, Romeroning o‘zi Angliyani tark etmoqchi emas. Argentinalik futbolchi yakunlangan mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushirilgani yo‘q.
Fikrlar