
MYu Fernandeshning transferini tasdiqladi!
"Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.
Ingliz klubi 25 yoshli futbolchining transferini tasdiqladi.
Portugaliyalik payshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va MYu bilan bitimga imzo chekadi.
Avvalroq, Fernandesh 2025 yilgacha shartnoma tuzishi va yiliga 6 mln evro maosh olishi ma’lum qilingandi.
"Manchester Yunayted" futbolchi uchun 55 mln evro va qo‘shimcha bonus sifatida 25 mln evro to‘lashi haqida ham ma’lumot berilgandi.
Fikrlar