MYu futbolchisi La Liga klubiga ko‘chib o‘tadi

  • 13 iyul, 2024, 12:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi markaziy himoyachisi Villi Kambvala faoliyatini boshqa chempionatda davom ettiradigan bo‘ldi. Jurnalist va insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, 19 yoshli kongolik futbolchi "Vilyarreal"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, ushbu transfer taxminan 10 million evroni tashkil qiladi. Shartnomada, shuningdek, “Manchester Yunayted” kelajakda futbolchini qaytarib olishi mumkinligi haqida band bo‘ladi.

19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted" safida Angliya chempionatida sakkizta o‘yinda ishtirok etgan. U UEFA Yoshlar Ligasi va Yoshlar Premer-ligasida ham o‘ynagan. Uning transfer narxi besh million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!