MYu futbolchisi mashhur agentning mijoziga aylandi

  • 6 yanvar, 2020, 17:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Jessi Lingard mashhur futbol agenti Mino Rayolaning mijoziga aylandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ushbu holat Lingard bilan shartnomani uzaytirish payida yurgan MYuga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Chunki, Rayola doimo o‘z mijozlari uchun yuqori moliyaviy talablar va o‘zi uchun katta xizmat haqqi talab qiladi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Lingard “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “qizil iblislar” safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!