
MYu futbolchisi "Yuventus" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
IlBianconero nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" vingeri Taxit Chong "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Niderlandiyalik futbolchining MYu bilan shartnomasi yoz oyida yakunlanadi va u erkin agent sifatida Turin klubiga borib qo‘shilishi mumkin. Chong mankunianliklar safini "Yuventus"da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun tark etmoqda deyiladi manbaa xabarida.
"Keksa sinora" yosh yarim himoyachiga haftasiga 30 ming funtlik shartnoma taklif qilmoqda.
20 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Premer-ligada ikki marotaba maydonga tushdi, shuningdek Evropa ligasi va Angliya kubogi o‘yinlarida bir necha marotaba maydonda harakat qildi.
Fikrlar