MYu futbolchisiga yangi jamoa topildi

  • 17 avgust, 2021, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” rahbarlari klubni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga Jessi Lingardni ham kiritgan edi.

O‘z davrida jamoaning etakchilaridan bo‘lgan yarim himoyachning o‘yinidan keskin pasayish yuz berganidan keyin bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher uni qishki transferlar vaqtida “Vest Xem”ga ijaraga berib yubordi.

Yangi jamoa safida Lingardning o‘yini ochilib ketdi. U jami 16 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darovzasini to‘qqiz marta ishg‘ol qildi. Shunga qaramay, manchesterliklar ijaradan qaytgan futbolchiga asosiy tarkibdan joy bermoqchi emas.

Jessi Lingardga faoliyatini tiklashda yordam bergan “Vest Xem” yana og‘iz solmoqda. Bu jamoa uning transferini to‘liq sotib olmoqchi. Manchesterliklar yarim himoyachini 25 million evroga qo‘yib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!