MYu ham "Siti"ning yo‘lidan yurdi
"Manchester Yunayted" klubi Buyuk Britaniya hukumatining ish o‘rinlarini saqlab qolish bo‘yicha dasturida ishtirok etmaydi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub vitse-prezidenti Ed Vudvord nomidan jamoaning barcha xodimlariga yuzaga kelgan tanaffus paytida ta’tilga chiqmasligi bo‘yicha elektron xat yuborilgan.
O‘tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” klubida jami 940 nafar inson mehnat qiladi.
Ta’kidlash kerakki, Britaniya hukumati pandemiya davrida o‘z xodimlarini ta’tilga chiqargan kompaniyalarga maoshning 80 foizini davlat byudjetidan to‘lab bermoqda. "Liverpul" ushbu yordamdan foydalangan bo‘lsa, "Manchester Siti" uni rad etgan edi.

Fikrlar