
MYu hujumchisi o‘ziga jamoa qidirmoqda
“Manchester Yunayted” bilan hamkorligi tugagan Odion Igalo Evropada qolish uchun o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
“Shanxay Shenxua”ga tegishli bo‘lgan hujumchi bir yil davomida ijarada o‘tirgan bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted”da o‘z o‘rniga ega bo‘lmadi. U bu muddat ichida atigi beshta gol urdi xolos.
31 yoshli hujumchi Angliyada olishga harakat qilmoqda. Buning uchun u o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Unga qiziqayotganlar bor.
- Men premer-liganing ayrim jamoalari, Angliyadan tashqari ikkita klub va arablardan takliflar borligini tasdiqlashim mumkin, - dedi Igalo.
Ma’lumotlarga qaraganda, unga “Vulverxempton” va “Sheffild Yunayted” qiziqmoqda.
Fikrlar